

Dovbikning oyog'idagi og'riqlar hal ham o'tib ketmagan. Shu sababli hujumchi kechagi mashg'ulotlarni ham yakka tarzda o'tkazgan. Katta ehtimol bilan futbolchi A Seriyaning navbatdagi turida Komoga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
Dovbik joriy mavsum barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 13 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.



