

Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Rim klubi futbolchining agenti bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. 27 yoshli ukrainalik o'yinchi bilan 2029 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolanadi.
Oldinroq, Dovbikning "Atletiko"ga o'tishga yaqinligi xabar qilingandi. Klub va futbolchi o'tish shartlarini kelishishgan, ammo komission to'lov bo'yicha muammolar paydo bo'lgan.
Dovbik o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 10ta assist qayd etdi.



