Artyom Dovbik Madridga ko'chib o'tadi (Fabricio Romano)

Omonjon To`xtamirzayev
23 iyul 2024
"Jirona" klubi hujumchisi Artyom Dovbik faoliyatini Madrid klubida davom ettiradigan bo'ldi.

Bu ma'lumotni mashhur insayder Fabricio Romano ham tasdiqladi. Odatda u rasmiy ma'lumotdan bir necha soat avval "HERE WE GO!", deya u yoki bu transfer haqida ma'lum qiladi. Bu vaziyatda ham shunday bo'ldi.

"Atletiko Madrid" klubi "Jirona" bilan 40 million evro evaziga Dovbik transferini kelishgan. 

Eslatib o'tamiz, Artyom Dovbik 24 ta gol bilan o'tgan mavsum La Liga to'purariga aylangandi.   


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо