Arturo Vidal: "Klubdagi ishlarim haqida JCHdan so'ng gaplashamiz"

Aziz Tukhtamuradov
20 iyun 2014, 21:08
"Yuventus"ning chililik futbolchisi Arturo Vidal faoliyatini qayerda davom ettirishi haqidagi savollarga javob berishga tayyor emas.
Eslatib o'tamiz, futbolchiga Yevropaning bir qancha grand klublari tomonidan, jumladan, PSJ, "Real", "Manchester Yunayted" va "Barselona" kabi klublardan qiziqishlar bildirilmoqda.

"Yuventus"da qolamanmi? Ayni paytda bunday savollarga javob bera olmayman. Bor fikru-hayolim Mundialga qaratilgan. Klubdagi faoliyatim haqida esa JCH-2014 yakunlanganidan so'ng gapirishim mumkin", - deydi Vidal.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net