Artur Yunusov OCHda Vetnam klubida o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
24 iyun 2015, 13:33
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi sardori Artur Yunusov faoliyatini Vetnam chempionatida davom ettiradi.
Yunusov Vetnam sharafini klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida himoya qiluvchi “Tay Son Nam” jamoasi bilan qisqa muddatli (taxminan 2 oy) shartnoma imzoladi.

“Tay Son Nam” o'z guruhida Livan va Xitoy chempionlari bilan pley-offga beriladigan yo'llanmalar uchun bahs olib boradi. Guruh bosqich o'yinlari 29 iyul kuni Eronning Isfaxon shahrida start oladi. Ayni paytda Yunusov Xoshimin shahrida yangi klubi tarkibida mashg'ulot o'tkazyapti. Arturdan tashqari “Tay Son Nam” tarkibida Ispaniya terma jamoasi yetakchi futzalchisi ham bor.

“Hozir Xoshimin shahrida kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazyapmiz. 5 iyul kuni Tailandga bir haftalik yig'in tashkil etish uchun boramiz. Keyin yana Vetnamga qaytib, so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishamiz va Isfaxonga yo'l olamiz”, - dedi Yunusov saytimizga bergan intervyusida.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: olamsport.com