Artur ham Messining korrupsiya haqidagi so'zlariga fikr bildirdi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2019, 20:55
Braziliya terma jamoasi hamda "Barselona" yarim himoyachisi Artur Argentina forvardi Lionel Messi so'zlari haqida fikr bildirdi.

Yarim finalda braziliyaliklardan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng 32 yoshli forvard medal taqish marosimida ishtirok etmadi. Messi "korrupsiya va hakamlar Argentinaning finalga chiqishiga yo'l qo'ymadi" dedi. 

"Messining korrupsiya haqida so'zlari? Uni hurmat qilaman. Ammo bu mavzuda gapirish uchun ulardan yaxshiroq odam yo'q.

Uchrashuvdan so'ng Leo bilan suhbatlashmadim. Messi kiyinish xonasiga kirib ketdi.

VAR foydali texnologiya va buni qo'llab quvvatlayman. Ammo bazi narsalarni to'g'irlash kerak" - deydi Artur.

Markinosga Messining so'zlari yoqmadi

Tiago Silva ham Messini "siyladi"

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: vivabarca.net