Markinosga Messining so'zlari yoqmadi

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2019, 19:24
Braziliya terma jamoasi himoyachisi Markinos Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining so'zlariga izoh berdi.

Yarim finalda braziliyaliklardan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng 32 yoshli forvard medal taqish marosimida ishtirok etmadi. Messi "korrupsiya va hakamlar Argentinaning finalga chiqishiga yo'l qo'ymadi" dedi.

"Messining gaplari odamlarni xafa qiladi. U bilan va unga qarshi o'ynaydigan barcha futbolchilar Leodan ilhom olishadi. Biroq uning so'zlari menga yoqmadi.

Hakamlar "Barselona" va Argentina terma jamoasi foydasiga xato qilganida u korrupsiya haqida gapirganini eshitmaganman. Mag'lubiyatni qabul qilishni o'rganish kerak" - deydi Markinos.

Lionel Messi: “Korrupsiya va hakamlar Argentinani finalga chiqishiga yo'l berishmadi”

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN