Arteta Zinchenkoni "Arsenal"ga chorlamoqda

Sherzod Nurmatov
7 iyun 2022, 19:05
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko bilan suhbatlashdi va unga jamoada yarim himoyachi poziciyasini vada qildi.

The Mirror xabariga ko'ra, bunday vadadan keyin ukrainalik "kanonirlar" safiga o'tishga ko'nishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchiga "Vest Xem Yunayted" ham da'vogarlik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Xosep Gvardiola Zinchenkoni unga mos kelmaydigan chap qanot himoyachisi poziciyasida o'ynatadi.

25 yoshli Zinchenko o'tgan mavsumda "Manchester Siti" safida barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror