Arteta: "Zinchenko bizga universallik taqdim etadi"

Administrator
23 iyul 2022, 00:30
Murabbiy "Arsenal" yangi xarid qilgan futbolchi haqida gapirdi.

Xabaringiz bor, "Arsenal" Aleksandr Zinchenko transferini e'lon qildi. Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta ushbu transfer haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Aleks bizga qo'shilganidan juda baxtlimiz. Bu o'yinchini men shaxsan yaxshi bilaman. U "Man Siti"daligidayoq Zinchenkoni kuzatib borardim. 

Zinchenko - yuqori sifatli o'yinchi. U bizga universallik va variantlar taqdim etadi. Gap faqat poziciyalarda emas. Zinchenko ham hujumda, ham himoyada ajoyib o'ynay oladi. Bundan tashqari Zinchenko inson sifatida ham juda ajoyib yigit", -deydi Mikel Arteta.

Ma'lumot uchun, Aleksandr Zinchenko "Arsenal"ga 30+2 mln evro evaziga transfer qilindi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: arsenal.com