Arteta Vengerni "Arsenal"ga qaytarmoqchi

Sherzod Nurmatov
25 noya 2021, 22:06
Ispaniyalik yosh mutaxassis fransiyalik bilan birga ishlash niyatida.

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "kanonirlar"ni 22 yil boshqargan Arsen Vengerni klubga qaytarishni o'ylamoqda.  

"Venger bilan ko'rishsak va muloqot qilsak, ajoyib bo'lardi. Umid qilamanki, biz uni jamoaga yaqinroq qila olamiz. Menimcha, u bundan zavqlangan bo'lardi. Biz uni hurmat qilgan holda o'rab olardik, "Arsenal" uchun qilgan barcha ishlaridan keyin uni jamoada hamma yaxshi ko'radi. Uning qanday rol o'ynashini ayta olmayman, lekin biz bilan yaqinroq bo'lishini istardim. Bu juda foydali bo'lardi. Bu klub uchun katta foyda bo'lardi", – deydi Arteta.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSport