Arteta navbatdagi yirik g'alabadan keyin nimalar dedi?

Eldor Akmurzayev
27 dek 2021, 09:00
APL 19-turida “Arsenal” safarda “Norvich”ni tor-mor (5:0) etdi.

O'yindan so'ng, londonliklar ustozi Mikel Arteta o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bugun juda zo'r ko'rinishda g'alabaga erishdik. Bu muvaffaqiyat biz uchun juda muhim va bundan juda xursandman. Raqib darvozasi yaqinida ko'p vaziyatlar yaratganimizdan mamnunman.

Maqsadimiz esa maydonda ustunlik qilish va raqiblarimizga o'z o'yinimizni o'tkazish. Bugun biz buni uddaladik”, deydi Arteta.

Eslatib o'tamiz, londonliklar qatorasiga besh o'yindan beri g'alaba qozonmoqda va ularning to'rttasida yirik hisoblar qayd etildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport