Arteta "Arsenal" yana bir transfer amalga oshirayotganini tasdiqladi

Mirjalol Normatov
28 avg 2020, 13:58
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Lill"dan Gabriel transfer qilinishga yaqin ekanligini aytdi.

"Sky Sports"ga bergan intervyusida "Arsenal" menejeri 22 yoshli braziliyalik bilan muzokaralar yakuniy bosqichga o'tganini va transfer yaqin kunlar ichida rasmiylashtirilishini aytib o'tgan.

Yakunlangan mavsumda Gabriel "Lill" tarkibida 34 o'yinda qatnashdi va 1 marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi. Oldinroq futbolchi Londonga tashrif buyurgani ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports