Arslonmurod Omonov "Bunyodkor" ko'rigida

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2014, 14:55
Turkmanistonlik yarim himoyachi "qaldirg'ochlar" mashg'ulotlariga qo'shildi.
Dekabr oyida Muborakning "Mashal" jamoasida, yanvar boshida esa "Olmaliq" safida ko'rikdan o'tgan turkmanistonlik Arslonmurod Omonov kecha "Bunyodkor" yig'iniga qo'shildi.

Agar u murabbiylar shtabiga maqul kelsa, 2014 yilgi mavsumni "qaldirg'ochlar" tarkibida boshlashi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia