Arshavin "Zenit" akademiyasida ishlaydi

Aslanov Jasurbek
20 mar 2019, 15:42
"Zenit" sobiq futbolchisi Andrey Arshavin Sankt-Peterburg jamoasi akademiyasi murabbiylar shtabiga kirdi.

Ko'k-oq-havoranglilar rasmiy saytida berilgan ma'lumotga ko'ra, u 2004 yilda tug'ilgan bolalar bilan ishlaydi.

Arshavin futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng "Zenit" akademiyasida o'qidi va D hamda C licenziyalarini qo'lga kiritdi. Arshavin "Zenit" U15da Dmitriy Polyakov bilan birga ishlaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fc-zenit.ru