"Arsenal"ning yangi bosh murabbiyi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
19 may 2018, 20:27
"Arsenal" sobiq futbolchisi Mikel Arteta jamoaning yangi bosh murabbiyi bo'ladi.

“Goal” xabariga ko'ra, uning jamoa bosh murabbiyi bo'lgani borasidagi rasmiy xabar keyingi haftada e'lon qilinadi. Ayni damda u "Manchester Siti"da Pep Gvardiolaning yordamchisi bo'lib ishlamoqda.

36 yoshli ispaniyalik mutaxassisning nomzodini "kanonirlar" direktori Ivan Gazidis ham qo'llab-quvvatlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com