"Arsenal"ning yana bir yetakchisi terma jamoada jarohat oldi

Khoja
11 okt 2024, 08:58
Kecha Angliya termasi safida Gretsiyaga qarshi maydonga tushgan Bukayo Saka jarohat oldi.

Futbolchi ikkinchi bo'limning boshida jarohat oldi va uning o'rniga Noni Madueke maydonga tushdi. Futbolchi oyog'idan jarohat olgan. 

Hozircha Sakaning jarohati haqida aniq ma'lumot berilmagan, barchasi tibbiy tekshiruvlardan so'ng aniq bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com