"Arsenal"ni A Seriyada ishlaydigan murabbiy boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
21 apr 2018, 14:26
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Arsenal" ustozi Arsen Venger o'rnini egallovchi mutaxassis sifatida ko'rilmoqda.

Oldinroq, klub mavsum oxirida Venger iste'foga chiqishi haqida e'lon qilgan edi.

Allegrining "Yuventus" bilan shartnomasi 2020 yilda yakuniga etadi. Biroq murabbiy so'nggi haftalarda kelajagi borasida aniq bir narsa deya olmayapti va qaror qabul qilishdan avval turinliklar rahbariyati bilan kelasi mavsum uchun klub strategiyasi haqida suhbatlashib olmoqchi.

Shu bilan birga "Arsenal" bosh murabbiyligiga Karlo Anchelotti, "Monako" ustozi Leonardo Jardim, Luis Enrike va Tomas Tuxel ko'rib chiqilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia