"Arsenal"ga MYU tarbiyalanuvchisi kerak

Mirjalol Normatov
21 noya 2025
"Arsenal" "Napoli" yarim himoyachisi Skott Maktomineyga qiziqish bildirmoqda.

O'z navbatida "Tottenxem", "Everton" hamda 28 yoshli futbolchining sobiq klubi "Manchester Yunayted" Skott Maktomineyni kuzatmoqda.

"TEAMtalk" ma'lumotiga ko'ra, neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte shotlandiyalikni jamoasining asosiy futbolchisi sifatida ko'rmoqda va uni kam pulga sotib yubormaslik kerakligini aytgan. "Napoli" esa futbolchisini 80 million evrodan kamiga sotmoqchi bo'lmayapti. Yarim himoyachining o'zi Neapolda baxtli va faqatgina yaxshi loyihalar bo'lsa Angliyaga qaytishga tayyorligini bildirgan.

Maktominey ushbu mavsumda barcha turnirlarda 14 o'yinda qatnashib, 4 gol va 1 assist qayd etdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2028 yil yoziga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TEAMtalk