"Arsenal"da yangi Adams paydo bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
12 noya 2021
"Arsenal" "Leyptsig" yarim himoyachisi Tayler Adamsga qiziqib qoldi, deb xabar bermoqda Bild nashri.

"Kanonirlar" 22 yoshli amerikalik futbolchini qishki transfer oynasi vaqtida sotib olishmoqchi. Tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynaydigan Adamsning shartnomasida tovon puli 40 million evro etib belgilab qo'yilgan.

Ma'lumot uchun, 1999 yil tug'ilgan futbolchi bu mavsum "Leyptsig" safida barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushdi va gol urgani yo'q.

Eslatib o'tamiz, 1983-2002 yillarda "Arsenal" safida boshqa Adams - Toni to'p tepgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de