“Arsenal” yangi futbolchilar uchun 40 million funtdan ko'proq mablag' sarflashga tayyor

23 sen 2013, 14:46
Kelasi transfer oynasi paytida londonning “Arsenal” klubi yangi futbolchilarni sotib olish uchun 40 million funtdan ortiqlar mablag' sarflashni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi "The Guardian".

“Kanonirlar” hozirdan ikkita nemis yarim himoyachilarini sotib olish maqsad qilishgan. Ulardan biri “Shalke” futbolchisi Yulian Draksler bo'lsa, ikkinchisi Dortmundning “Borussiya” klubi vakili Marko Roys sanaladi. Lekin bazi xabarlarga ko'ra, bu ikki futbolchi, klub uchun 60 million funtga tushishi mumkin.


Manba: football.kulichki.net