

Insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, tomonlar bugun yangi muloqotlardan so'ng kelishuvga yaqinlashgan.
Endi "kanonirlar" "Sporting" talab qilayotgan 70+10 mln evroni to'lash uchun tayyor bo'lishga yaqin.
Avvalroq, hujumchi portugal klubining mavsumoldi tayyorgarligiga qaytmagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Takidlanishicha, futbolchi shu yo'l bilan uni "Arsenal"ga sotish uchun ko'ndirishga uringan.



