"Arsenal" Trossardning maoshini sezilarli darajada oshirmoqchi

Administrator
20 avg 2025
Shartnoma muddati o'zgarmaydi.

Leandro Trossard "Arsenal" bilan yangi shartnoma imzolaydi. London klubi 30 yoshli qanot hujumchisi bilan yangi bitim tuzishga kelishib oldi. Futbolchining maoshi ancha oshiriladi, biroq shartnoma muddati o'zgarmaydi - bitim avvalgidek 2027 yilgacha amal qiladi, deb xabar bermoqda The Athletic.

Trossard 2023 yil yanvarida "to'pchilar" safiga qo'shilgan edi. U jamoa tarkibida barcha musobaqalarda jami 124 ta o'yin o'tkazib, 28 ta gol urdi va 23 ta golli uzatma berdi.


AdministratorMuallif
Manba: The Athletic