"Barselona" tarbiyalanuvchisi uchun bir qator klublar kurash olib borishadi

26 fev 2020, 23:50
Ijara asosida "Xetafe" sharafini himoya qilayotgan "Barselona" himoyachisi Mark Kukurelya Yevropaning bir qator klublari diqqatini o'ziga jalb qilmoqda.

"Arsenal", "Tottenxem", "Bayer" va Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi 21 yoshli ispaniyalik futbolchining tovon pulini to'lashga tayyor. Bu haqida COPE nashri ma'lum qildi. Kukurelyaning tovon puli 25 mln evroni tashkill qiladi.

Shuningdek, "Atletiko" va "Sevilya" ham ispaniyalik futbolchini o'z safidagi ko'rishni xohlayotgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, Kukurelya La Liganing joriy mavsumida 21 o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va besh marta jamoadoshlariga shunday imkoniyatni yaratib bergan.

O'xshash yangiliklar


Manba: COPE