

Bu haqda Sky Sport Italia nashri ma'lumot berdi. Unga ko'ra, urugvaylik yarim himoyachiga "Milan" klubi qiziqmoqda. Biroq, "Arsenal" rahbariyati Torreyra bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanligini ma'lum qilgan.
Lukas o'tgan yili yozda 30 million evro evaziga "Sampdoriya" jamoasidan kelib qo'shilgandi. 23 yoshli o'yinchi o'zining debyut mavsumida APLning 34 ta uchrashvida qatnashdi va 4 ochko to'pladi (2 ta gol, 2 ta assist). Uning "Arsenal" bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.




