"Arsenal" Sterlingni transfer qilish imkoniyatini o'rganmoqda

Alisher
9 may 2022, 14:30
"Arsenal" "Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterlingning transfer imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

27 yoshli futbolchining "Siti" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va hali bitim uzaytirilishi mumkinligi bo'yicha belgilar yo'q.

Sterling joriy mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 7ta assist qayd etdi.

Transfermarkt yarim himoyachini 85 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph