"Arsenal" skautlari "Roma" - "Inter" uchrashuviga tashrif buyurishdi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2018, 12:47
"Arsenal" skautlari A Seriyada to'p tepayotgan futbolchiga qiziqib qolishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, skautlar "Roma" hamda "Inter" o'rtasidagi Italiya chempionatining 14-tur uchrashuviga (2:2) tashrif buyurishdi va rimliklar yarim himoyachisi Jengiz Underni diqqat bilan kuzatishdi. Under ushbu bahsning 51-daqiqasida gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Roma" o'z futbolchisining 50 mln. evroga baholamoqda. Oldinroq, "Chelsi" Under uchun 35 mln. evro va himoyachi Andreas Kristensenni berishga tayyorligi e'lon qilingan edi.

Joriy mavsum Under A Seriyaning 12ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia