"Arsenal" Sakadan so'ramasdan u bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
2 yanv 2023, 22:45
"Arsenal" rahbariyati futbolchi Bukayo Saka bilan shartnomani uzaytirdi.

Vingerning klub bilan avvalgi bitimi 2023 yilning yozigacha edi. London klubi kelishuvda ko'rsatilgan shartnomani bir yilga avtomatik uzaytirish bandidan foydalandi.

Tomonlar navbatdagi bitim uzayishi borasida muzokaralar o'tkazadi. Klub va futbolchi kelajakka ijobiy qarashmoqda.

Saka joriy mavsum APLning 16ta o'yinida 6ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football London