"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger, jamoaning chexiyalik yarim himoyachisi Tomash Rosicki bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Takidlash kerakki, futbolchining amaldagi shartnomasi ushbu mavsum ohirida nihoyasiga etadi.
"Tomash kelasi mavsumda ham jamoada qoladi. U ajoyib futbolchi va o'yin davomida jamoaga katta yoradmi tegadi. Tomash chaqqon, texnikasi yuqori va o'yinni hayratlanarli darajada yaxshi tushunadi", dedi Venger Sky Sportsga bergan intervyusida.