"Arsenal" "Real" yulduzi uchun 85 mln evro to'lashga tayyor

Sherzod Nurmatov
24 fev 2025, 20:12
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Rodrigo Angliya Premer-ligasining top-klubiga o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda "Todofichajes" portali.

Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, 24 yoshli braziliyalik futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" yozgi transfer oynasida forvardni qo'lga kiritishga harakat qilmoqchi. Angliya top-klubi Rodrigoni sotib olish uchun 85 mln evro ajratishga shay.

Braziliyalik futbolchi Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida 22 o'yinda maydonga tushib, 6 ta to'p kiritdi hamda 5 ta golga assistentlik qildi. Uning "qaymoqranglilar" bilan kelishuvi 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Todofichajes