"Arsenal" "Real" hujumchisi uchun 40 mln evro taklif etmoqda

Mirjalol Normatov
19 apr 2018, 14:16
"Real" hujumchisi Karim Benzema APLga ko'chib o'tishi mumkin.

"Diario Goal" nashri xabariga ko'ra, "Arsenal" fransiyalik futbolchini transfer qilish uchun 40 mln evro taklif qilishga tayyor.

Ayni damda "Real" prezidenti Florentino Peres Benzemaning transferidan 80 mln evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: DiarioGoal