"Arsenal" "Portu" yarim himoyachisi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
21 iyun 2022, 22:14
"Portu" yarim himoyachisi Fabiu Vieyra "Arsenal"ga o'tdi.

Angliya klubi 22 yoshli yarim himoyachi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

“Kanonirlar” hujumkor yarim himoyachining transferi uchun Portugaliya klubiga 40+5 million evro to'lashadi.

Avvalroq "Arsenal" Chempionlar Ligasiga chiqsa, futbolchi bonuslarga ega bo'lishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Fabiu Vieyra –  "Portu" tarbiyalanuvchisi bo'lib, jamoada 2020 yil iyun oyida debyut qilgan.

Vieyra o'tgan mavsumda "Portu" safida barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 16 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com