"Arsenal" Podolski va Kempbellni yanvarda sotmaydi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2014, 22:56
"Arsenal" ustozi Arsen Venger hujumchilar Lukas Podolski va Joel Kempbellni qishda sotmasligini ma'lum qildi.
Kuni kecha YCHL guruh bosqichi doirasidagi "Galatasaroy" bilan bahsda ikkala futbolchi asosiy tarkibda o'ynadi. Podolski o'yinda ikkita gol urdi.

Vengerning aytishicha Lukas va Joelni sotmoqchi emas. Biroq futbolchilar kam maydonga tushayotganidan nolishmoqda.

"Podolski juda katta raqobatga dosh berishi kerak. Men Uelbek, Sanches va Jiruni Londonda qoldirganim uchun unga imkon berdik. JCHdan so'ng Lukas sekin-asta o'z sport formasini tiklamoqda".

"Kempbell borasidagi mish-mishlar? U jamoamizda qoladi", - deydi Venger "kanonirlar" rasmiy saytiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru