"Arsenal" Partini sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
5 dek 2023
"Kanonirlar" Tomas Partini sotishdan tushgan pulni yangi xaridlar uchun ishlatmoqchi.

Londonning "Arsenal" klubi qishki transfer oynasida yarim himoyachisi Tomas Partini sotishga tayyor, deb xabar berdi ESPN.

"Kanonirlar" 30 yoshli ganalik futbolchini sotishdan tushgan pullarni kelajakdagi yangi xaridlar uchun sarflash istagida.

Tomas Parti joriy mavsum jarohati tufayli "Arsenal" safida bor-yo'g'i 5 ta o'yinda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN