"Arsenal" O'zilning narxini belgilab oldi

Mirjalol Normatov
9 dek 2018, 14:42
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil qishki transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etishi mumkin.

"Daily Express" xabariga ko'ra, uning xizmatlariga "Inter" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. "Kanonirlar" rahbariyati futbolchini 28 million evroga qo'yib yuborishga tayyor.

O'zil 5 yil avval 47,5 million evro evaziga "Real"dan "Arsenal"ga o'tgandi. Bu mavsumda u jamoasi tarkibida 10 o'yinda qatnashdi va 3 gol urib, 1 golga assistentlik qildi.

"Arsenal" 16 turdan keyin 34 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalining 5-pog'onasini egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express