"Arsenal" "Napoli"ning shartlariga rozi bo'ldi

Mirjalol Normatov
3 avg 2024
"Arsenal" Viktor Osimxenni "Napoli"dan sotib olishga tayyor.

Rimning Radio Radio radiostanciyasi ma'lumotiga ko'ra, "kanonirlar" rahbariyati 25 yoshli nigeriyalikni sotib olish uchun jon-jahdi bilan kurashmoqda. O'z navbatida "Arsenal" "Napoli"ning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor turibdi. Osimxenning tovon puli esa 120 mln evroga teng.

Biroq hujumchi PSJga og'zaki tarzda rozilik berib qo'ygan va parijliklar futbolchiga "Arsenal"dan ko'ra ko'proq maosh to'lashga kafolat bergan. Shu sababli forvard faoliyatini PSJda davom ettirishni istamoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Radio Radio