"Arsenal" muxlislari uchun xushxabar

Alisher Ostonov
6 iyun 2025
"Arsenal" va Gabriel Magalyaes shartnomani uzaytirdi.

27 yoshli markaziy himoyachi London klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Shartnoma 2029 yilgacha mo'ljallangan. Futbolchining avvalgi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan edi.

Braziliyalik futbolchi "Arsenal"ga 2020 yilning sentyabrida "Lill"dan kelib qo'shilgandi.

U hozirgacha "kanonirlar" safida barcha musobaqalarda 210 ta o'yin o'tkazib, 20 ta gol urgan.



Alisher OstonovMuallif
Manba: Sky Sports