"Arsenal" Morata bilan bog'landi. Forvard "Yuventus"da mavsumni tugatib qo'ymoqchi

Alisher
31 yanv 2022, 14:08
"Yuventus" hujumchisi Alvaro Morata qishki transfer oynasi so'nggiga qadar klubdan ketishi mumkin.

29 yoshli forvardga "Barselona" qiziqish bildirmoqda, ammo o'yinchi uchun kurashga "Arsenal" qo'shildi.

O'yinchi bilan "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaning yordamchisi Migel Molina gaplashdi.

Futbolchining huquqi "Atletiko"ga tegishli, u "Yuve"da ijara asosida o'ynamoqda.

Forvard mavsumni Turinda tugatib qo'ymoqchi va tarkibdagi o'rin uchun Dushan Vlaxovich bilan kurashmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As