
"Kanonirlar" ayni vaqtda hujumni kuchaytirishning boshqa variantlarini ham ko'rib chiqayotgan bo'lishsada, asosiy transfer maqsad - Luis Suares bo'lib qolmoqda.
The Telegraph xabar berishicha, ayni vaqtda londonliklar futbolchi uchun 49 million va yana bonuslar taklif qilishmoqda.
Avvalroq "Liverpul" londonliklarning 40 million funtlik taklifini rad etgandi.
Eslatib o'tish joizki, "Liverpul" xo'jayini Luis aslo sotilmasligini takidlagan.