"Arsenal" "Lill" hujumchisini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
4 mar 2025
"Lill" forvardi Jonatan Devid faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan hujumchi xizmatlariga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.

Hozirda faqat bitta klub forvardga rasmiy taklif yuborgan. "Vest Xem" Devidga 20 mln evro taklif qilmoqda. Bu summa futbolchi maoshi, bonuslar va agentga to'lovlarni o'z ichiga oladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: x.com