“Arsenal” Lamelani sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
21 avg 2013
“Arsenal” klubi “Tottenxem” bilan “Roma” hujumchisi Erik Lamelani sotib olish bo'yicha kurash olib boradi.

Kecha Londonda Lamela bo'yicha “Roma” va “Totenxem” klubi vakillari muzokara olib borishgan, biroq tomonlar kelishuvga erisha olmaganlar.


“Kanonerlar” bosh murabbiyi Arsen Venger jamoani kuchaytirishi shart, shuning uchun Lamelani  olishga harakat qiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru