"Arsenal" "Lacio" yetakchisi uchun kurashga qo'shildi

Alisher
11 iyun 2022, 12:51
"Lacio" yetakchilaridan biri Sergey Milinkovich-Savich faoliyatini Londonning "Arsenal" klubida davom ettirishi mumkin.

27 yoshli serbiyalik futbolchi London jamoasi qiziqishlari doirasiga tushdi va klub o'yinchi uchun 50 mln evro atrofida sarflashga tayyor.

Qayd etish kerakki, Milinkovich-Savichga "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" ham befarq emas. "Lacio" bosslari esa serbni faqatgina 100 mln evroga qo'yib yuborishlarini ma'lum qilishgan.

Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport