"Arsenal" ikkita hujumchi qidirmoqda

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2014, 14:54
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoasi safida ikki nafar yangi hujumchini ko'rmoqchi, deb xabar bermoqda britan matbuoti.
KPR hujumchisi Loik Remi "kanonirlar" safiga o'tishi mumkin. Uning transfer narxi 8 million funt baholanmoqda.
 
Londonliklar bundan tashqari Mario Balotelli ("Milan") va Mario Mandjukich ("Bavariya") kabi futbolchilarga ham qiziqishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru