“Arsenal” himoyachisi uchun mavsum yakunlandi

Eldor Akmurzayev
22 mar 2023, 09:25
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Unga ko'ra, “Arsenal” himoyachisi Takexiro Tomiyasu mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi. 24 yoshli yaponiyalik Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasida “Sporting”ga qarshi (1:1, pen – 3:5) javob bahsining boshida tizzasidan jarohat olgandi.

Kecha, 21 mart kuni Tomiyasu Londonda jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi. U yozgacha safga qaytmaydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: arsenal.com