

Futbolchi "Arsenal" safida asosiy tarkibning muhim a'zosiga aylana olgani yo'q va shu sababli boshqa klubga ketishga qarshi bo'lmasligi taxmin qilinmoqda. Rimliklar himoyachini o'z safiga qo'shib olish variantlarini o'rganib chiqishmoqda. Gap ijara haqida ketmoqda, sababi "bo'rilar"ning moliyaviy vaziyati ancha qiyin bo'lib turibdi.



