"Arsenal" Gyokeresh bilan deyarli kelishib oldi

Administrator
2 iyul 2025, 00:50
"Arsenal" Viktor Gyokeresh transferi bo'yicha kelishuvga yaqinlashmoqda.

Avvalroq xabar qilinganidek, 27 yoshli hujumchi "Sporting" prezidenti Frederiku Varandashning so'nggi bayonotlaridan norozi bo'lib, jamoaga qaytishni va unda o'ynashni istamasligini ma'lum qildi. Shvetsiya milliy terma jamoasi a'zosi allaqachon o'z qarori haqida klubni xabardor qilgan.

L’Équipe ma'lumotlariga ko'ra, "Arsenal" Gyokereshning agenti bilan kelishuvga yaqin. Futbolchining o'zi London klubiga o'tishni istamoqda. "Arsenal" endi "Sporting" klubi bilan kelishishi lozim bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: L’Équipe