“Arsenal” Grizmanni sotib olishga urinib ko'radi

Tolibjon Qosimov
12 dek 2013, 18:06
“Real Sosedad” klubining hujumdagi yarim himoyachisi Antuan Grizmann, “Arsenal” klubining transfer nishoniga aylandi, deb xabar beradi Metro UK.

Britaniya OAVning xabariga ko'ra, Londonliklar klubi rahbariyati fransiyalik futbolchi uchun 20 million evro berishga tayyor. “Arsenal”dan tashqari futbolchiga “Manchester Yunayted”, “Tottenxem” va “Yuventus” klublari ham qiziqishmoqda.

Ushbu masum Ispaniya chempionatida 13 ta o'yin o'tkazgan Grizmann, 9 ta gol urishga erishgan. Bunday natija esa uni “Real Sosedad”ning eng yaxshi to'purari bo'lishiga sabab bo'lgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru