"Arsenal" "Gerta" himoyachisining transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2021, 22:55
"Gerta"ning markaziy himoyachisi Omar Rekik "Arsenal" futbolchisiga aylandi.

Hozircha transfer borasidagi ma'lumotlar oshkor qilinmayapti. 19 yoshli tunislik futbolchi "Arsenal"ning 23 yoshgacha bo'lgan jamoasi tarkibida faoliyatini davom ettiradi.

"Gerta"ga qadar Rekik "Marsel", PSV, "Manchester Siti" va "Feyenoord" tizimida ham bo'lgan. U ushbu mavsumda 8 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal