"Arsenal" yetakchisi muammoga duch keldi

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2026, 16:57
Yulduz futbolchilar tez yuruvchi avtomobillarni yaxshi ko'radi, biroq bu ularni tezlikni cheklash belgilarini inobatga olish majburiyatidan ozod etmaydi.

Hamma ham bunga amal qilmaydi, natijada oqibatlari yomon bo'ladi.

"Daily Mail"ning xabar berishicha, "Arsenal" yetakchisi Deklan Rays uyi yaqinidagi yo'l uchastkasida bir hafta ichida ikki marta tezlikni oshirgani uchun 6 oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi.

Shu tariqa, yarim himoyachi o'z avtomobilini 6 oy davomida garajda qoldirishga majbur bo'ladi, shuningdek, u taxminan 2500 evroga teng jarima to'lashi kerak.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail