"Arsenal" "Emirates" bilan rekord darajadagi shartnoma imzoladi

Tolibjon Qosimov
19 fev 2018, 16:24
Londonning "Arsenal" klubi "Emirates" bilan yangi kelishuv haqida e'lon qildi.

Kelishuv shartlariga ko'ra, aviakompaniya 2023-2024 yilgi mavsumning oxiriga qadar London klubi homiysi bo'lib qoladi. "Fly Emirates" reklama slogani "Arsenal" liboslarida aks etishda davom etadi.

Oldingi shartnoma 2019 yilda nihoyasiga yetishi kerak edi. Bunday holatda, tomonlar kelishuvni 5 yilga uzaytirishdi.

Shuni ma'lum qilish kerak-ki, yangi homiylik shartnomasi "Arsenal" tarixidagi rekord bo'ldi. "Kanonirlar" ushbu kompaniya bilan 2006 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda.


Jamoaning uy stadioni "Emireyts" nomini 2028 yilgacha saqlab qoldi. Lekin, stadionning nomiga egalik qilish huquqi yangi kelishuvga ta’sir qilmaydi. Chunki, "Emireyts" nomining 2028 yilgacha bo'lishi 2012 yildayoq ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Arsenal