"Arsenal" El-Shaaravi uchun 30 million evro bermoqchi

Narzulla Saydullayev
29 okt 2013
"Arsenal" Italiya klubi "Milan"ga yarim himoyachi Stefana El-Shaaravining transferi bo'yicha sahiy taklif bilan chiqishni rejalashtiryapti, deb xabar bermoqda "Sport Mediaset".
Kanonirlar 21 yoshli hujumchi uchun kam emas, ko'p emas 30 million bermoqchilar. O'z navbatida milanliklar ham bu taklifni rad etmasalar kerak. Chunki kelib chiqishi misrlik xisoblanadigan italiyalik futbolchi bu mavsumda asosiy tarkibdagi o'rnini ham yo'qotib qo'ydi, hamda milliy chempionat va Chempionlar Ligasining umumiy xisobda 4 o'yinida bor yo'g'i bir bor gol urishga erishdi. Muzokaralarga tomonlar yanvar oyiga yaqinroq kirishishadi. Shuningdek futbolchiga Angliyaning "Liverpul" va Germaniyaning "Borussiya Dortmund" jamoalari qiziqish bildirganlar.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net